Marko Materatstsi: "Zidan bilan hayotda do‘stmiz"

  • 30 oktabr, 2024, 09:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Marko Materatstsi Zinedin Zidan bilan o‘sha mashhur to‘qnashuvga nima sabab bo‘lganini tushuntirib berdi.

- 2006 yildan keyin Frantsiyada birinchi raqamli dushman futbolchiga aylanib qolganmisiz?

Tecno

- Italiyada bundan ham ko‘proq. Nima uchun Italiyada odamlar meni Frantsiyadan-da ko‘proq yomon ko‘rishlarini bilmayman. Men Parij va Disneylendda bir necha bor bo‘lganman. Lekin hali Marselga borganim yo‘q. Aslida hech qanday muammoga duch kelganim ham yo‘q. O‘ylaymanki, odamlar maydonda sodir bo‘layotgan narsa faqatggina o‘sha erda qolishini tushunishdi. Qolaversa, Jahon chempioni nomi penaltilar orqali aniqlandi va bu mening aybim emas edi.

Zidan bilan hayotda juda ko‘p uchrashmasakda aslida yaqin do‘stlarmiz. U ham, men ham finaldagi holat juda xunuk bo‘lganini va ikkalamiz ham o‘sha vaziyatda emotsiyalarga berilganimizni tan olamiz.
 

Jahon chempionati finalida Frantsiya bizdan ham texnik, ham jismoniy jihatdan kuchliroq edi. Kamchiliklaringizni tan olish kerak.  Agar 19-daqiqada kiritilgan mening golim bo‘lmaganida, biz finalda mag‘lub bo‘lgan bo‘lardik, deb o‘ylayman", - dedi Italiya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!