Marokash klubi Vozinyani "Kolo-Kolo"dan tortib oldi
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni, 40 yoshli Vozinya Marokashning «Berkan» klubiga o‘tadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, afrikalik darvozabonni Chilining «Kolo-Kolo» jamoasi qo‘ldan chiqarib yubordi.
Chili klubi jahon chempionati qahramonlaridan biri sifatida tilga olinayotgan futbolchining transferi haqida hatto rasmiy e’lon ham bergan edi.
Manbaga ko‘ra, Vozinya avvalroq «Kolo-Kolo» tarkibiga rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Biroq u keyinchalik qarorini o‘zgartirib, hozirda Marokash klubiga o‘tish bo‘yicha kelishuvning so‘nggi jihatlarini muhokama qilmoqda.
Avvaliga Vozinyaning Santiago shahriga kelish vaqti bir necha marotaba o‘zgartirildi. Ammo darvozabon baribir Chiliga uchib kelmadi va bu holat uning Marokashga yo‘lini ochib berdi.

Fikrlar