
Marselo futbolchilik faoliyatini yakunladi
"Real Madrid" jamoasi sobiq himoyachisi Marselo futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
36 yoshli braziliyalik futbolchi uzoq yillik faoliyati davomida "Fluminense" (2005-2007, 2023-2024), "Real Madrid" (2007-2022) va "Olimpiakos" (2022-2023) jamoalarida to‘p tepgan.
O‘tgan yilning noyabr oyidan beri himoyachi erkin agent maqomida edi. Ta’kidlash joizki, Marselo "Real" tarkibida Chempionlar Ligasi kubogini besh marotaba qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, u olti marta Ispaniya chempionligini, to‘rt marotaba klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar