Mashhur futbolchi Osiyodan Evropaga qaytadi
Qatarning “Ad-Duxail” jamoasida o‘ynab kelayotgan yarim himoyachisi Marko Verratti kelasi yil Italiya chempionatiga qaytishni rejalashtirayotgani xabar qilindi.
32 yoshli futbolchi vatanida o‘ynashni xohlamoqda va uning xizmatlari yaqinda “Yuventus”ga taklif etilgan. Bu haqda jurnalist Mirko Di Natale ma’lumot berdi.
“Yuventus” rahbariyati Verrattini qaytarish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda, ammo qaror moliyaviy talablarga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, klub avval u hali yuqori darajada o‘ynay olishini tekshirib olishni rejalashtirgan.
Marko Verratti 2023 yilda “Pari Sen-Jermen”dan Qatarga ko‘chib o‘tib, avvaliga “Al-Arabi”da, keyin esa, “Ad-Duxail”da o‘ynamoqda. Parij klubida italiyalik yarim himoyachi 11 yil davomida to‘p tepgan. Jamoani ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike qabul qilib olganidan keyin Marko Veratti Frantsiya poytaxtini tark etishiga to‘g‘ri keldi.

Fikrlar