
Mashhur klub 22 nafar futbolchini haydadi
Turkiya Superligasining mashhur klublaridan “Beshiktosh” o‘tgan mavsum musobaqa jadvalini oltinchi o‘rinda yakunlaganidan keyin tarkibni tozalab tashladi.
- Klub rahbariyati jamoa muvaffaqiyatlarini ta’minlay olmagan 22 nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Xususan, 7 nafar o‘yinchining shartnomasi bekor qilindi, 11 kishi ijaraga jo‘natildi, qolganlarining yakunlangan bitimi yangilanmadi, - deb yozdi Hürriyet gazetasi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tozalash ishlari davom etadi.
Turkiyaning NTV Sport kanali tarkibni tozalash davom etirilishini ma’lum qildi.
- Klub Deniel Amarti, o‘tgan yozda kelgan Baxtiyor Zaynutdinov va Vensan Abubakar bilan xayrlashish yo‘llarini qidirmoqda, - deb ma’lumot berdi NTV Sport.
Fikrlar