Mashhur yulduz “Barsa”dan ketishga rozi bo‘ldi

  • 29.06.2026 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyalik mashhur darvozabon Mark-Andre ter Shtegen oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun ijara asosida Niderlandiyaning «Ayaks» klubiga oʻtishga tayyor. Bu haqida Diario SPORT nashri xabar berdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, 34 yoshli posbon sport direktori Jordi Kroyf va bosh murabbiy Michelning loyihasiga ishonmoqda. Biroq transfer amalga oshishi uchun «Barselona»ning yakuniy roziligi talab etiladi.

«Ayaks» Ter Shtegenning maoshining faqat 15 foizini toʻlashga tayyor, qolgan qismi esa «Barselona» zimmasida qoladi.

Yanvardan may oyigacha Ter Shtegen ijara asosida «Jirona» safida oʻynagan. Oʻsha vaqtda jamoani aynan Michel boshqargan. Germaniyalik darvozabon La Ligada 2 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol oʻtkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!