Mashhur yulduz mundialga borolmaydi. Uni operatsiya kutyapti
“Barselona” hujumkor futbolchisi Fermin Lopes AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok eta olmadi.
Futbolchi Ispaniya La Ligasi 37-turidagi “Betis”ga qarshi o‘yinda (3:1) olgan jarohati tufayli musobaqani o‘tkazib yuboradi. Bu haqida kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar qildi.
Klub bayonotida aytilishicha, Lopes o‘ng oyoq panjasidagi suyakni sindirib olgan. Futbolchiga operatsiya o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Avvalroq Ispaniya ommaviy axborot vositalari Dani Karvaxal va hujumchi Alvaro Morata ham turnirni o‘tkazib yuborishi haqida xabar bergan edi.
Bundan tashqari, “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yetakchisi Lamin Yamal ham jarohatidan tiklanish jarayoni cho‘zilayotgan tufayli mundialning dastlabki ikki uchrashuvida ishtirok eta olmadi.
Yevropaning amaldagi chempioni hisoblangan Ispaniya milliy terma jamoasining yakuniy tarkibi 25 may kuni ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar