"Mash’al" - "Paxtakor". "Sherlar" ikki yillik qora an’anaga nihoyat chek qo‘ya oladimi?

  • 26.10.2020 17:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Superliga 21-turida "sherlar" Muborakda "Mash’al" mehmoni bo‘ladi. Bahsni mezbonlardan Ifeani Ifeani va Sirojiddin Qo‘ziev sariq kartochkalar bilan bog‘liq diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi. "Paxtakor"da bunday yo‘qotish mavjud emas.

Shu kungacha ushbu jamoalar milliy chempionatlarda o‘zaro 35 uchrashuvda to‘qnash kelgan. Ularning 24 tasida "Paxtakor", 5 tasida "Mash’al" zafar quchgan. Qolgan 6 bahsda kuchlar teng kelgan. "Sherlar" 68 ta gol kiritgan bo‘lsa, raqib 24 ta gol urishga erishgan. Muborakdagi 17 bellashuvda "Paxtakor" 8 g‘alaba, 5 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Safarda 21 to‘p kiritgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 15 gol olib chiqqan. Oxirgi ikki bellashuvda toshkentliklar Muborakda gol ura olmagan. "Paxtakor" so‘nggi marta "Mash’al" maydonida 2017 yil o‘yin o‘tkazgan.

"Mash’al" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 28 oktyabr, chorshanba kuni Muborakdagi Bahrom Vafoev nomli stadionda soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!