Maskerano nega Messi ketma-ket ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborganini tushuntirdi

  • 7 mart, 14:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Lionel Messi "Inter Mayami" safida ketma-ket ikki uchrashuvdan buyon maydonga tushmayapti. Shu bois, ba’zi manbalar unda mushaklar zo‘riqishi bilan bog‘liq muammo borligini taxmin qilishayotgan edi. Biroq, jamoa bosh murabbiyi Xaver Maskerano so‘nggi uchrashuvdan so‘ng ushbu savolga to‘liq javob berib, nega o‘yinlarda ishtirok etmayotganini ochiqladi. 
 
"Leo borasida men jamoa shifokorlarining tavsiyalariga amal qilaman. Ularning aytishicha, unda hech qanday jarohat yoki shikastlanish yo‘q. Messi atigi olti kun ichida uchta o‘yin o‘tkazdi va bu, albatta, charchoqqa olib keldi. 
 
Iqlim sharoitining o‘zgarishi ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Biz argentinalik yulduz haqida qayg‘uramiz va uning ortiqcha zo‘riqishini xohlamaymiz. Shu sababli, barcha xavflarni hisobga olgan holda, unga dam berishga qaror qildik. 
 
Albatta, dunyoning eng yaxshi futbolchisisiz o‘ynash qiyin. Lekin biz oldinga intilib, u bo‘lmasa ham o‘ynashni o‘rganishimiz kerak," – dedi argentinalik mutaxassis. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 37 yoshli hujumchi "Inter Mayami" safida umumiy 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 36 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!