
Maunt "Chelsi" qadriga etmagan iqtidor egasi haqida iliq fikrlar bildirdi
"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt akademiyada birga tahsil olgan do‘sti Deklan Raysning "aristokratlar"dan ketishi unga qanday ta’sir ko‘rsatganini aytib o‘tdi:
"Dek jamoadan ketishini bilganimda g‘oyat qattiq ta’sirlanganman. O‘sha lahzalarda bu menga og‘ir botgan. Ammo uning qanday darajadagi futbolchi ekanini bilardim. U hayotda ham futbolda bo‘lganidek ajoyib yigit. Men bunday bo‘lishiga qanchalik qarshi bo‘lmay, u vaziyatni to‘g‘ri qabul qildi va yangi jamoasida rivojlanishdan soniyalarga bo‘lsin, to‘xtamadi.
U mening eng yaqin do‘stlarimdan biri. Qaerda bo‘lsa ham, o‘z ustida keraklicha ishlay olishiga ishonaman", - dedi ingliz xavbeki.
Fikrlar