
Mayk Tayson: "Islomni qabul qilganimdan faxrlanaman”
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, afsonaviy Mayk Tayson 1991 yilning noyabrida boshlangan sud jarayonidan oldin musulmon bo‘lganini aytdi. Keyinroq amerikalik sportchi zo‘rlashda ayblanib, olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.
“Men suddan ancha oldin Islomni qabul qilganman. U mening haqiqiy iymonimga aylandi. Men hali ham musulmonman va shunday bo‘lib qolaman. Iymonsiz sizda hech narsa yo‘q. Men hamma narsa uchun – oilam uchun, hatto ko‘chani kesib o‘tishdan oldin ham duo qilaman. Islomni qabul qilganimdan faxrlanaman”, — deya Taysonning so‘zlarini keltirdi "Daily Mail" portali.
Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni o‘tkaziladigan Mayk Tayson va Jeyk Pol to‘qnashuvi 2 daqiqadan 8 raund bo‘lib o‘tishi rejalashitirilgan.
Fikrlar