
Mayk Tayson va Jeyk Pol "face to face" marosimida qatnashdi
Amerikaning Nyu-York shahrida Mayk Tayson va Jeyk Pol o‘rtasidagi shou jangi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda ikkala bokschi yuzma-yuz kelishdi.
20 iyul kuni Texas shtatining Arlington shahrida 100 000 tomoshabinga mo‘ljallangan "AT&T Stadium" arenada so‘nggi yillardagi eng shov boks kechalaridan biri bo‘lib o‘tadi: Ring afsonasi va boks bo‘yicha og‘ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni (1987-1990) Mayk Tayson youtuber Jeyk Pol bilan jang qiladi.
Jangchilar o‘rtasida 30 yosh farq bor. Tayson 2005 yildan beri professional boksda qatnashmagan. Pol hech qachon professional boks standartlari bo‘yicha jang qilmagan va ushbu jang aynan professional boks qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Fikrlar