Mbappe 71 yillik rekordni urdi

  • 19.05.2025 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 37-turida “Real” Kilian Mbappe va Jud Bellingemning bittadan goli evaziga “Sevilya” ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Kilian Mbappening goli tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib chiqdi. Frantsiyalik futbolchi yaqinda “Real”da barcha turnirlarda kiritgan to‘plari sonini 40 taga etkazib, debyut mavsumida ko‘p gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi. “Sevilya” darvozasidan joy olgan gol Mbappe uchun debyut mavsumdagi 41-gol bo‘ldi va yangi rekord sifatida qayd etildi.

Avvalgi rekord Ivan Samaranoga tegishli bo‘lib, chililik hujumchi “Real”ga kelgan 1992-1993 yilgi mavsumda 37 ta to‘p kiritgandi.

Bundan tashqari, Mbappe La Ligadagi gollari sonini 29 taga etkazib oldi va yana o‘zining rekordini yangiladi. O‘tgan gal 28-golini urgan 26 yoshli hujumchi Alfredo Di Stefano 1954 yili o‘rnatgan rekordni urgandi. O‘z davrida Argentina, Kolumbiya va Ispaniya terma jamoalarida o‘ynagan Alfredo Di Stefano “Real”dagi debyut mavsumida chempionatda 27 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!