Mbappe: “Argentina Jahon chempionatida g‘alaba qozonishga to‘liq loyiq edi”

  • 14 oktabr, 16:58
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe 2022-yilgi Jahon chempionatining finalida Argentina terma jamoasi g‘alabaga to‘liq haqli bo‘lganini tan oldi.

Tecno

“Finalda uchta gol urib, lekin g‘alaba qozonmaslik qanday holat? O‘sha paytda gol haqida emas, faqat g‘alaba haqida o‘ylaysiz. Biz hujumchimiz, shuning uchun gol urish imkoniyatlarimiz ko‘proq bo‘ladi.

Bu aqldan ozdiradigan o‘yin edi. Argentina butun o‘yin davomida bizdan yaxshiroq o‘ynadi va g‘alabani haqli qo‘lga kiritdi. Bizning ham ustunlik qilgan paytlarimiz bo‘ldi, lekin yakuniy natija adolatli.

Bu alamli, lekin bunni unutmaslik kerak. Oldinda 2026-yilgi Jahon chempionati turibdi va biz yana xafa bo‘lishni xohlamaymiz”, — dedi Mbappe Xorxe Valdano bilan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!