Mbappe aslida “Real”ni emas, boshqa grandni tanlagan ekan...

  • 16 sentabr, 2024, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJdagi faoliyatini yakunlagan Kilian Mbappening erkin agent maqomida “Real”ga ko‘chib o‘tgan yozning eng katta transferi bo‘ldi.

Tecno

Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, avval-boshdan 25 yoshli frantsiyalik futbolchining rejasi boshqacha bo‘lgan.

L'Equipe nashrining yozishicha, Mbappe ikki yil muqaddam “Liverpul” safiga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirgan va “qizillar” bilan hamkorlik borasida og‘zaki kelishib olgan. Kilian PSJ loyihasiga shubha bilan qaragani bois, shu qarorga kelgan.

Qolaversa, Mbappe va “Liverpul” o‘rtasidagi kelishuvda o‘yinchining “Reao”ga o‘tish masalasi ham hal etilgan.

Angliya superklubi qimmatbaho yulduz transferi uchun 200 million evro tikishni mo‘ljallagan. Biroq, PSJ bu taklifni keskin rad etgani transferni amalga oshirish imkonini bermagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!