Mbappe: "Aytganimdek, biz bir oilamiz va buni isbotlaymiz"

  • 30 mart, 10:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi hisoblangan Kilian Mbappe "Leganes"ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etgandan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, bir nechta qiziqarli savollarga javob berdi. 
 
"Debyut mavsumimda Ronalduning gollari soniga tenglasha olganimdan juda xursandman. Lekin eng muhimi "Real Madrid" bilan chempionlikni qo‘lga kiritish. 
 
Biz nima qilishimiz kerakligini bilamiz - faqat va faqat g‘alaba qozonish. Men har doim aytganman, biz bir oilamiz va buni isbotlaymiz. 
 
Bu juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Xalqaro tanaffusdan keyin har doim qiyin bo‘lishi tabiiy holatdir. Uchrashuvni yaxshi boshladik, gol urdik va keyin 20 daqiqa yomon o‘tkazdik. Biroq, biz yaxshi o‘ynasak, ikkita gol urishimizni bilardik" - deya ta’rif berib o‘tdi 26 yoshli yulduz. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Kilian joriy mavsum "qirollik klubi" safida 44 ta bellashuvda maydonga tushib, 33 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!