Mbappe bilan yuz bergan vaziyat tufayli ikki hakam chetlatildi

  • 5 fevral, 11:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 22-turda amaldagi chempion “Real” Barselona shahrida “Espanol” mehmoni bo‘lib, kichik hisobda mag‘lub bo‘lgandi.

Uchrashuvning kulminatsion 60-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Mezbonlar himoyachisi Karlo Romero raqib hujumchisi Kilian Mbappening orqasidan podkat tashlab, uni qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Bu vaziyatda hakam Romeroga faqat ogohlantirish bergani ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 O‘yin oxirida aynan Romeroning goli “Espanol” g‘alabasini ta’minladi.

Ispaniya chempionati hakamlari texnik qo‘mitasi rahbari Luis Medina Kantalexo hakamlar ishtirokida o‘tkazilgan majlisda ushbu holatni muhokama qilib, qaror chiqardi.

Kantalexo Mbappega qo‘pollik ishlatilgan vaziyatda Karlos Romeroga yaqqol qizil kartochka berishni talab etishini ta’kidladi.

Yakunda ushbu uchrashuvni boshqargan Alexandro Munis Ruis va VAR hakami Iglesias Vilyanueva qo‘pol xatolari uchun vaqtinchalik hakamlikdan chetlatildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
05/02/2025 16:37
Пиздецу