
Mbappe bir qarorga keldi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoasini o‘zgartirmoqchi. AS nashrining xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi mavsum so‘ngida "Real"ga ko‘chib o‘tmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, kelasi mavsum madridliklarni kim boshqarishidan qat’i nazar, Mbappe "Qirollik klubi"ga o‘tishga tayyor. Avvalroq, Zidan mavsum so‘nggida "qaymoqranglilar"ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Joriy mavsum Mbappe 46ta o‘yinda maydonga tushib, 41ta gol urgan hamda 11ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali hujumchini 160 million evroga baholamoqda.
Avvalroq, frantsiyalik forvardga APL klublaridan ham taklif borligi haqida yozgan edik.
Fikrlar