Mbappe katta gapirib qo‘ydi, endi gapini isbotlashi kerak
PSJ tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylangan Kilian Mbappe Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob uchrashuvida “Bavariya” darvozasini kamida uch marta ishg‘ol qilishini aytdi.
- Men 202, 203 va 204-gollarimni “Bavariya” uchun saqlab qo‘ydimmi? Bundan ko‘prog‘ini! Biz u erga keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun boramiz. Bizda o‘z kuchimizga ishonch tug‘ildi. Endi esa maydonda g‘olib chiqishimiz kerak, - dedi Kilian Mbappe.
“Bavariya” nimochrak finalning Parijda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvida mezbonlarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Endi bu ikki jamoa o‘rtasidagi javob o‘yini 8 mart kuni Myunxenda bo‘ladi.

Fikrlar