Mbappe menga o‘xshaydi!
Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldo Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening o‘yinini o‘zinikiga o‘xshatdi.
- Mbappe Qatardagi jahon chempionatida eng zo‘ri. Uning o‘yinini kuzatib borish zavq bermoqda, Mbappening o‘zi hayratga solyapti.
Frantsiya terma jamoasi asosiy favorit va buni o‘yindan o‘yinga ko‘rsatib kelyapti. Mbappe tez o‘ynayapti va buni boshqalardan yaxshi uddalayapti.Gap faqat uning kuchi yoki tezkorligida emas. Hujumni yakunlayotganda to‘pni qaerga yo‘naltirayotganiga e’tibor qarating.
Kilian o‘yinidagi ayrim jihatlar mening uslubimga o‘xshaydi. U o‘z salohiyatidan qanday foydalanishni biladi, - dedi Ronaldo.
Mbappe jahon chempionatida beshta gol bilan to‘purarlar poygasida etakchilik qilmoqda.
Fikrlar