
Mbappe o‘rniga Xolandni olamiz!
“Real” yozda hujum chizig‘ida katta o‘zgarish qiladi. Asosiy nishon Kilian Mbappe. Madridliklar uni anchadan beri o‘z safida ko‘rishni orzu qilib keladi.
AS nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland transferi bo‘yicha ham ish olib bormoqda.
Chunki Kilian Mbappe transferi barbod bo‘lsa, madridliklar Xolandni olib kelishni mo‘ljallagan.
Agar Mbappe “Real” taklifiga belgilangan muddatda o‘z javobini bildirmasa, madridliklar bor e’tiborini norvegiyalik hujumchi transferiga qaratadi.
Ayrim manbalar Erling Xolandning o‘zi ham faoliyatini Madrid superklubida davom ettirishga moyillik bildirayotgani haqida yozmoqda.
Fikrlar