
Mbappe o‘ziga jamoa tanladi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tishga yana bir qadam yaqindashdi, deb xabar bermoqda Le Parisien nashri.
Madrid klubi 25 yoshli forvardni olish istagini yashirayotgani yo‘q va Kilian Mbappe atrofida anchadan beri davom etib kelayotgan transfer muhokamalari yakuniga etishga yaqin turibdi.
Tez orada Kilian Mbappe faoliyatini “Real”da davom ettirish qaroriga to‘xtalganini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
PSJ Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir jamoa loyihasini aynan Kilian Mbappe atrofida qurmoqchi va hamon forvardni yangi shartnomaga ko‘ndirishga urinyapti.
Manbaning ta’kidlashicha, Kilian Mbappe “Real”ga ko‘chib o‘tib, dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi darajasiga ko‘tarilish va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish maqsadini amalga oshirishni rejalashtirgan.
Fikrlar