
Mbappe PSJni aldadi
Kilian Mbappe kelayotgan yozda PSJni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan. 25 yoshli forvard “Real”ga o‘tishi kutilyapti.
Aslida Mbappening Parijni tark etib, Madridga yo‘l olishi masalasi o‘tgan yozda ancha muhokamalarga sabab bo‘lgandi. O‘shanda klub shartnomani yangilashni istamagan Kilianni jamoadan chetlatib, tezda boshqa klublarga sotib yuborishga qaror qilgan.
O‘yin amaliyotisiz qolib keta boshlagan Mbappe klub xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy bilan uchrashib, munosabatlarga oydinlik kiritib olgandi. Manbalarning ta’kidlashicha, Mbappe klub rahbariyaga shartnoma tuzishga va’da bergan.
Shundan so‘ng vaziyat barqarorlashdi va hujumchiga sodiqlik uchun katta miqdorda bonus taqdim qilindi.
Mbappe bergan va’dasiga qaramay, klubning yangi shartnoma bo‘yicha bir necha taklifini rad etdi. Oxir-oqibat futbolchi Parijda qolmasligini ma’lum qildi.
Ayni paytda PSJ xo‘jayinlariga Kilian Mbappening tutgan yo‘li yoqmayapti. O‘yinchining kelasi mavsum qaysi jamoada o‘ynashi PSJ yoki “Real”ning Chempionlar ligasidagi yurishini to‘xtatganidan keyin e’lon qilinadi.
Fikrlar