Mbappe “Real”ga ultimatum qoʻymoqchi
Ispaniya ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarida “Real Madrid” yetakchilari Kilian Mbappe va Vinisius Juniyor oʻrtasidagi keskin munosabatlar haqida yangi mish-mishlar paydo boʻldi.
Jurnalist Fransua Gallardo fransuz hujumchisi oʻzini jamoaning baʼzi oʻyinchilari, jumladan Vinisius tomonidan xiyonat qilingan deb his qilayotganini xabar qildi. Unga koʻra, Mbappening onasi Fayza Lamari yozda klub prezidenti Florentino Peresga ultimatum qoʻyadi.
Gallardoning taʼkidlashicha, Mbappening atrofidagilar masalani qatʼiy qoʻyishlari mumkin: yo "Real" Vinisius bilan xayrlashadi, yoki fransuz hujumchisining oʻzi jamoani tark etadi.
Shu bilan birga, klub yoki futbolchilar vakillari tomonidan bu maʼlumot hali rasmiy tasdiqlanmagan. Avvalroq futbolchilar "Barselona" bilan yaqinlashib kelayotgan oʻyin fonida Mbappening Italiyaga soʻnggi safaridan norozi boʻlgani xabar qilingan edi.

Fikrlar