Mbappe tufayli 100 million evrolik jahon chempionining orzusi barbod bo‘ldi

  • 15 iyun, 2024, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kilian Mbappening “Real”ga ko‘chib o‘tgani “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvaresning orzusini chippakka chiqardi.

Argentinalik jahon chempioni “shaharliklar” safini tark etib, faqat “Real”ga borishi mumkinligini ta’kidlagandi.

Football Transfers nashrining yozishicha, endi madridliklar yana bir hujumchiga 100 million evro atrofida xarajat qilmasligi aniq. Bu o‘z-o‘zidan Xulian maqsadini o‘zgartirishi kerakligidan dalolat beradi.

24 yoshli futbolchi “Manchester Siti”da norvegiyalik to‘purar Erling Xolandning soyasida qolib ketyapti. Shu bois, u yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi edi.

Endi Xulian Alvares yuqori maqsadlar uchun kurashadigan boshqa superklublar taklifini kutishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!