
Mehmondo‘stlikni unutgan qarshiliklar. O‘yin taqdirini hal qilgan va Superligadan chetlatilgan hakam, norozi bo‘layotgan Aktamov
Superligada 6-tur o‘yinlari yakunlandi. Unda bir qator qiziqarli va kutilmagan natijalar ham qayd etildi. Jumladan muammolar girdobida qolgan Mirjalol Qosimov jamoasi Qarshida javobsiz 4 ta gol o‘tkazdi.
Vadim Abramovning yoshlari yana ochko ishlashdi. Samarqandda namanganliklar mezbonlar bilan jangovor durang o‘ynashdi. Bekobodda hakam o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada referi qanchadir muddatga chetlatildi. “Lokomotiv”ning o‘z uyidagi engil, Shota Arveladze shogirdlarining Jizzaxdagi qiyin g‘alabasi. Hamidjon Aktamov norozi bo‘layotgan holat va boshqalar bilan tanishishingiz mumkin.
“NASAF” – AGMK 4:0
Mamlakat chempionatining navbatdagi turida mutaxassislar ikki autsayder ishtirokidagi uchrashuvga alohida qiziqish bilan qarashdi. Inqiroz ko‘chasidan chiqib ketish uchun kimning imkoniyatlari ko‘proq? Mana shu savolga aniq va ishonchli javob oldik.
“Nasaf” Qarshida AGMK jamoasi bilan kuch sinashdi. Maydon egalari shu kuni mehmondo‘stlikni unutib qo‘yishdi. Chunki “ajdarlar” olmaliqliklar darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishdi.
Uchrashuvda g‘alaba ikkala jamoa uchun ham suv va havodek zarur edi. Ammo Mirjalol Qosimov shogirdlarining harakatlarida aynan g‘alabaga intilish ko‘rinmadi.
9-daqiqada Azizjon G‘aniev burchakdan oshirgan to‘pni Humoyun Murtazoev boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Bobur Davlatov jarima maydoni ichidan gol urdi.
Ikkinchi taymni jamoalar faol boshlashdi. Ammo 53-daqiqada Dilshod Saitov ancha uzoq masofadan Suhrob Sultonovni dog‘da qoldirdi. Bu vaziyatda Sultonov to‘pni ushlab qola olmadi.
O‘yinga so‘nggi nuqtani Humoyun Murtazoev qo‘ydi. U himoyachidan qaytgan to‘pni kuchli zarb bilan darvozaga joyladi.
Olmaliq jamoasiga xarakter etishmadi. Jamoa murabbiyi ta’kidlaganidek, AGMKda etakchi futbolchi yo‘qligi pand berdi. Zafar Polvonov shamollab qolgani bois maydonga tusha olmabdi.
Gollar: Humoyun Murtazoev 9, 66, Bobur Davlatov 14, Dilshod Saitov 53
"Nasaf": Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullaev, Azizjon G‘aniev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtazoev, Doniyor Narzullaev (Sharof Muhitdinov, 74), Bobur Davlatov, Sardor Abduraimov (Bobir Abdixoliqov, 80), Islom Kenjaboev (Oybek Bozorov, 63), Xurshid Muxtorov, Umar Eshmurodov.
Zaxira: Umidjon Ergashev, Husniddin Aliqulov, Jo‘rabek Mannonov, Alisher Yusupov, Islom Rashidxonov, Sherzod Nasrullaev.
AGMK: Suhrob Sultonov, Mirjamol Qosimov (San’at Shixov, 67), Dilshod Jo‘raev, Zohir Pirimov (Shahboz Umarov, 32), Murodjon Toshmatov, Jasur Hasanov, Mirg‘iyos Sulaymonov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Saydullo Rahmatov, Boburbek Yuldashov, Shahzodbek Nurmatov (Jasurbek Hakimov, 77).
Zaxira: Akbar To‘raev, Mirolyub Kostich, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov, Sherzod Fayziev, Komron Sayidazimov.
11243 tomoshabin.
Hikmat Ershagev (AGMK klubi katta murabbiyi): - "Nasaf" klubini g‘alaba bilan tabriklayman. Qarshiliklarning yaxshi futbol maktabi bor. Biz esa yangi jamoa tuzganmiz va hali yigitlar bir-birlari bilan kirishib keta olishmaypti. "Bunyodkor" bilan bahsda ham xatolar ko‘zga tashlangandi.
15 daqiqa ichida ikkita to‘p farqi bilan orqada qolish yigitlarning ruhiyatiga qattiq ta’sir qildi. Bugungi o‘yin uchun muxlislardan uzr so‘raymiz.
Ro‘ziqul Berdiev: - O‘ylaymanki, bugun haqli tarzda g‘alaba qozondik. AGMKdan har jabhada ustunlik qildik. To‘p bilan ham, to‘psiz ham raqibdan tezroq harakatlandik. Yigitlarni ruhiy jihatdan uchrashuvga tayyorlashning uddasidan chiqdik. Shogirdlarim xotirjam va ishonch bilan to‘p tepishdi. Ikkinchi gol bahs taqdirini hal etdi.
Abduvohid Ne’matov ishonchimizni to‘liq oqladi. Mavsumoldi barcha nazorat bellashuvlarida aynan u darvozamiz dahlsizligini saqlagandi. O‘sha paytda sinovimizdan o‘tgan. Shuning uchun bugungi bahsda unga imkoniyat berdik.
“DINAMO” – “NAVBAHOR” 2:2
Turning eng qiziqarli va shiddatli uchrashuvi Samarqandda o‘tdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Dinamo” va “Navbahor” o‘rtasidagi bahs jangovar durang bilan yakunlandi.
Ikki klub ham bellashuvni hujumkor ruhda boshlashdi.
Hisobni 25-daqiqada namanganliklar ochishdi. Serbiyalik Slavko Lukich chap qanotdan chamasi 25 metrlardan yo‘llagan to‘p darvoza to‘riga borib tushdi.
Goldan so‘ng mezbonlar oldinga o‘tishdi. Urinishlar ko‘p o‘tmay samarasini berdi. Sardorbek Eminov qanotdan aylantirib oshirgan to‘pni Qadamboy Nurmetov bosh bilan O‘tkir Yusupov darvozasiga joylab qo‘ydi.
Bundan ruhlangan Davron Fayziev shogirdlari hujumkorlikni pasaytirishmadi. Natijada, birinchi taym oxirida Sardorbek Eminov jarima maydoniga kirmay, ajoyib zarbasi bilan “Navbahor” darvozasining uzoq burchagini ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar tezkor gol bilan javob berishdi. Burchakdan oshirilgan to‘pni yana bir legioner Aleksandr Kasyan bosh bilan to‘rga yo‘lladi.
Qayd etilayotgan hisob ikki tomonni ham qoniqtirmasdi. Shu bois jamoalar tinmay vaziyatlar yaratishdi. Biroq shu kuni bellashuvda g‘alaba qozonish hech kimga nisib etmadi.
Gollar: Slavko Lukich 25, Qadamboy Nurmetov 36, Sardorbek Eminov 45, Aleksandr Kasyan 47
“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Loqaev, Hakimxon A’lamxonov, Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov (Sanjar Baratov, 71), Qadamboy Nurmetov (Vohid Shodiev, 67), Bobur Qosimov, Siroj Hamroev, Sardorbek Eminov (Nizomjon Norov, 90), Ixtiyor Toshpo‘latov, Shohruh Abdurahmonov.
Zaxira: Shohruh Eshbo‘taev, Avaz Agaliev, Damir Temirov, Maksimilian Fomin, Dilmurod Karimov
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich, Oston O‘runov (Shahzod Shaymanov, 39), Azim Ahmedov, Ivan Solovyov (Elman Tagaev, 78), Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov, 67), Obid Jo‘raboev, Mirzohid G‘ofurov, Abdujamol Isroilov, Jahongir Mehmonov, Abbos G‘ulomov.
Zaxira: Dilshod Hamroev, Mirzohid Mamatxonov, Aziz Ibragimov, Hojiakbar Yunusov, G‘iyosjon Komilov
Ogohlantirishlar: Sardorbek Eminov 37, Ivan Solovyov 45, Hakimxon A’lamxonov 90
8147 tomoshabin.
Andrey Kanchelskis: - Angliya futboliga xos bellashuv bo‘ldi. Bugungi uchrashuvdan so‘ng boshimdagi oq sochlarim yanada ko‘paydi. Muxlislar chiroyli, ochiq futbol shohidiga aylanishdi. Ammo murabbiy sifatida jamoam harakatlari va o‘yinidan qoniqmadim. Hisob 0:1 ligi payt 2-golni ham urganimizda bahs boshqacha kechgan bo‘lardi. Fikrimcha, bugun ikki ochko yo‘qotdik.
Aksariyat futbolchilar bilib qo‘yishi kerak – futbolni bir marta emas, har uchrashuvda o‘ynash shart. Mezbonlar menda iliq taassurot qoldirishdi, shijoatli jamoa ekan. Bizni yaxshi kutib olishgani uchun, ajoyib maydon uchun mezbonlarga rahmat.
Uchrashuvning videosini ko‘rib chiqamiz, balki oxirgi daqiqada penalti bordir. Murabbiylar o‘rindig‘idan shundayga o‘xshadi.
O‘yindan keyin Ravshan Ermatov bilan penalti belgilanmagan vaziyatni muhokama qilmadim. Men, shunchaki, Ermatovga u hozircha biz uchun omadsiz hakam bo‘layotganligini aytdim. Aynan Ermatov referiligida 1-turda “Qo‘qon-1912” bilan durang qayd etgandik, bugun ham yuta olmadik. Ammo men hakamlikni tanqid qilishdan yiroqman. Ularning harakatiga hakamlar qo‘mitasi baho berishi kerak.
Oston O‘runov uchrashuvga futbol o‘ynash uchun emas, o‘z pozitsiyasida to‘p tepmayotganligini ommaga namoyon qilish uchun maydonga tushgandek tuyuldi. Ammo klubda murabbiylar shtabi bor, aynan biz uning qaerda o‘ynashini belgilaymiz. Birinchi golda uning aybi bor. Bosh bilan o‘ynamadi, raqib darvozani ishg‘ol qildi. Olimpiya terma jamoasi futbolchisi bunday harakat qilmasligi darkor. Agar sen biror narsadan norozi bo‘lsang, kelib ochig‘ini aytishing lozim. Aynan uning uchun 10 kishi o‘ynagandekmiz. Oston oxirigacha maydonda qolganida, uning pozitsiyasi o‘tish yo‘lakchasiga aylanardi. Shu bois uni almashtirdim.
Slavko Lukich tajribali futbolchi. Uni qanot emas, markaziy himoyaga qo‘yayotganimning sababi Igor Golbanning jarohatidir. U universal futbolchi sifatida Golbanning yo‘qligini bilintirmaslikka intilmoqda.
Bahodir Nasimov Samarqandda tug‘ilgani uchun emas, shunga munosibligi uchun maydonga tushdi. Unda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi va foydalanishi ham mumkin edi, ammo omadi kelmadi.
Davron Fayziev: - Standartlarda gol o‘tkazishimizdan qo‘rqqandim va xavotirim o‘rinli bo‘ldi. Chunki namanganliklar safida tajribali futbolchilar ko‘p. Bugun Superliganing super jamosiga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatdik. Stadionga kelgan muxlislar afsuslanishmadi, deb o‘ylayman. Fikrimcha, ikki ochko yo‘qotdik. Bahoni muxlislar va mutaxassislar berishadi.
Durangga qaramay, mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizmi? Ha, shunday desa ham bo‘ladi. Lekin undan ham zo‘rlari hali oldinda. Asosiysi, hamma bellashuvlarda mana shunday jangovar harakat qilishimiz lozim. Mehmonda ham ochko ishlashni boshlashimiz kerak, uy jamoasi bo‘lishni istamayman.
Amirjon Safarov «Paxtakor»ga qarshi bahsda jarohatlangandi va uch haftaga safdan chiqqan. Lekin oldingi chiziqda munosib boshqa futbolchilarimiz ham bor: Shodiev, Baratov, Nurmetov. Hujumchi uchun asosiysi vazyatlardan foydalanishidir. Uning kimligi muhim emas. Masalan, bugun menga raqib safidagi Kasyan juda yoqdi. U joy tanlashni, gol “hidi”ni biladigan tajribali forvard ekan.
Qanot himoyachilarimiz hujumga ko‘p o‘tishmaganining sababi men shunday ko‘rsatma berdim. Chunki biz qarshi hujum taktikasidan foydalandik. Futbolchilarimga e’tirozim yo‘q. Bugun biz o‘zimiz xohlagan o‘yinni qildik.
“BUXORO” – “BUNYoDKOR” 2:2
“Buxoro”ga qarshi bahs ikkala jamoaning irodasini sinadi, deyish mumkin. Birinchi bo‘limda mezbonlardan sezilarli darajada ustunlik qilgan “qaldirg‘ochlar” tanaffus arafasida raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Xurshid G‘iyosov chap qanotdan jarima maydoni ichiga kirib, darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi.
Ikkinchi taym mezbonlarning bosimi bilan boshlandi. Hujumlar samara berib, maydon egalari hisobni o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Avvaliga Ivan Nagaev yaqin masofadan gol urgan bo‘lsa, Doston Ibragimov to‘singa tegib qaytgan to‘pni osonlik bilan to‘rga joyladi.
69-daqiqada poytaxtliklar mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Lutfulla To‘raevning pasidan samarali foydalangan G‘iyosov dublga erishdi va jamoasi mehmonda bir ochko bo‘lsa ham ishlashini ta’minladi.
Gollar: Xurshid G‘iyosov 40, 69, Ivan Nagaev 48, Doston Ibragimov 52
“Buxoro”: Nodir Ashurmatov, Ivan Fatich, Ivan Nagaev, Salamat Qutiboev, Asadbek Sobirjonov, Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Baenko, Tohir Shamsiddinov, Akram Bahriddinov (Firdavs Asadov, 46), Doston Ibragimov.
Zaxira: Xurshid Xo‘jaev, Artes Kulesha, Mirjalol Jumaev, Jahongir Abdumo‘minov, Behruz Zaynitdinov, Behruz Shodmonov, Akobir To‘raev, Jamoliddin Ubaydullaev.
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Jasurbek Jaloliddinov (Suhrob Izzatov, 66), Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov, Lutfulla To‘raev (Bobur Farhodov, 90+2), Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov.
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Sergey Proxorov, Vladislav Nuriev, Abdulla Abdullaev, Muhammadodil Qahramonov.
Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov 18, Akram Bahriddinov 25, Ergash Ismoilov 34, Ivan Fatich 73, Doston Ibragimov 89.
15547 tomoshabin.
Vadim Abramov: - Ikki xil bo‘lim guvohiga aylandik. Aslida, birinchi taymdayoq hammasini hal qilishimiz kerak edi. «Buxoro»ni tabriklash mumkin. Sababi, tanaffusdan so‘ng ularda boshqacha kayfiyat hukmronlik qildi va vaziyatni o‘nglashdi. Ikkita goldan keyin shogirdlarim o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi, hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi taymda ham darvozani ishg‘ol etish uchun qator imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ammo kutilmagan holatlardan keyin darvozamizga gollar urildi. O‘sha vaziyatlarda to‘p mezbonlargacha etib bormasligi kerak edi. Biroq rikoshetdan keyin to‘p Nagaevga kelib tushdi. Ivan birinchi harakatdayoq zarba yo‘lladi.
G‘alaba qozona olmaganimiz biroz alamli, ammo bu ham bir dars.
Baxtiyor Ashurmatov: - Birinchi taymni juda yomon o‘tkazdik. Muxlislar oldida xijolatdamiz. Ishqibozlar haqli ravishda norozi bo‘lishdi. Sababi, o‘yinimizni ko‘rsatishimiz juda qiyin kechdi.
“Bunyodkor” vakillari to‘pni yaxshi nazorat qilishi bilan birga, tezkor va hujumkorlikka e’tibor qaratadi. Maydonda raqibni o‘rgangunimizcha, darvozamizdan to‘p olib chiqdik.
Tanaffusdan keyin yigitlar o‘zlariga kelishdi. Biroq g‘alaba qozonib turgan vaqtimizda hisobni ushlab qololmadik. Himoyadagi birgina qo‘pol xato vaziyatning tenglashishiga sabab bo‘ldi. Uyimizda muhim ikki ochkoni yo‘qotdik.
Raqibni mensimaslik haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Jamoa turnir jadvalida bizdan yuqori o‘rinda, tarkib yoshargani bilan turli yoshdagi terma jamoalarga nomzod va kerak bo‘lsa, asosiy o‘yinchilar hisoblansa. Qanday qilib “Bunyodkor”ni mensimaslik mumkin?
“METALLURG” – “QO‘QON-1912” 3:1
Bir qator uchrashuvlardan so‘ng o‘yindan ko‘ra hakamlar mavzusi ko‘proq tilga olingani afsuslanarli hol.
O‘yinni mezbonlar faol boshlashdi. Ammo golni mehmonlar urishdi. 28-daqiqada Murod Xolmuhammedov burchakdan uzatgan to‘pni Shahboz Erkinov darvozaga yo‘lladi.
Oradan hech qancha o‘tmay, Muzaffar Muzaffarov hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limni No‘’mon Hasanov shogirdlari shiddatli hujum bilan boshlashdi. Erkinovning bosh bilan zarbasini Aleksandr Lobanov darvoza chizig‘i ustidan qaytardi.
58-daqiqada Zohid Abdullaevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltidan Stanislav Andreev aniq foydalandi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti mutaxassislari Ahrol Risqullaev "Qo‘qon-1912" darvozasiga belgilagan penaltini o‘rganib chiqqach, referi natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan deb topdi. Natijada hakam Superliga o‘yinlarini boshqarishdan chetlatildi.
PFL Ahrol Risqullaev qancha muddatga chetlatilganini ma’lum qilmagan.
80-daqiqada hujumga berilib ketgan mehmonlar qarshi hujumda jazolanishdi. “Qo‘qon-1912” posboni bilan birga-bir chiqib borgan Bahodir Pardaev yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Gollar: Shahboz Erkinov 28, Muzaffar Muzafarov 35, Stanislav Andreev penalti 58, Bahodir Pardaev 80.
“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloev (Bahrom Abdurahimov, 79), Islombek Isoqjonov, Zohid Abdullaev, Muzaffar Muzaffarov, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Andrey Shipilov (Shavkat Mullajonov, 71), Akbar Ismatullaev, Sergey Tumasyan (Bahodir Pardaev, 66).
Zahira: Zafar Safaev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Doniyor Usmonov, Xudoyshukur Sattorov, Shahzod G‘ofurbekov, Muhammad Isaev.
“Qo‘qon-1912”: Islom Abdullaev, Quvondiq Ro‘ziev, Avaz Mamatxo‘jaev, Oybek Rustamov, Jasur Hasanov (Behruz Sa’dilloev, 78), Suhrob Berdiev (Javohir Esonqulov, 70), Shahboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov, Milosh Nikolich (Timur Usmonov, 84), Marko Milich, Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: Boyan Knejevich, Sarvar Karimov, Jamshid Hasanov, Muhammadanas Hasanov, Timur Hakimov, Iqbol Malikjonov.
Ogohlantirishlar: Marko Milich 42, Islombek Isoqjonov 52, Oybek Rustamov 68, Zohid Abdullaev 72, Muzaffar Muzaffarov 90+2, Javohir Esonqulov 90+2.
6220 tomoshabin.
No‘’mon Hasanov: - “Metallurg”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Penaltiga e’tirozim bor. Menimcha, bu holatda qoida buzilmagandi. Nazarimda, hakam shunday vaziyat bo‘lishini kutib yurgandek ko‘rindi. Darhol 11 metrli nuqtaga ishora qildi. Himoyachimiz chalib yiqitsa yoki qo‘l bilan o‘ynasa, tushunish mumkin. O‘sha qaror uchrashuvga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Birinchi bo‘lib gol urdik va hammasi yaxshi ketayotgandi.
Shogirdlarim bugun yaxshi o‘ynashdi. Hisobni ochganimizdan keyin ularning kayfiyati ko‘tarildi. Penalti berilmaganida, ehtimol, hisob boshqacha bo‘larmidi?
O‘sha vaziyatdan keyin futbolchilarim sinib qoldi demoqchi emasman. Futbolda bunday vaziyatlar uchrab turadi. Yigitlarim ham darvozani ishg‘ol etish uchun uchun ko‘plab vaziyatlar yaratishdi, ularga etirozim yo‘q.
Andrey Shipilov: - Umuman olganda, shogirdlarim ushbu bahs uchun berilgan barcha ko‘rsatmalarimni deyarli 99 foizga ado etishdi. Buni yakuniy natija ham aytib turibdi. Qo‘lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan butun jamoamizni tabriklayman. Asosiy maqsadimiz, keyingi uchrashuvlarda ham faqat va faqat olg‘a intilish.
"LOKOMOTIV" – "QIZILQUM" 3:1
Uchrashuvda mezbonlar tezkor gol urishdi. Jamshid Iskanderov chamasi 16 metrlardan kuchli zarba berib to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Goldan keyin “temiryo‘lchilar”da yana ikkita qulay vaziyat yuzaga keldi. Biroq o‘sha pallalarda navoiyliklar posboni jamoasi joniga oro kirdi.
27-daqiqada Sardor Mirzaev ustunni nishonga oldi. Qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib etib kelgan Anzur Ismoilov darvozani ishg‘ol qildi. Offsaydda qolgan “Loko” futbolchilari to‘p tomon yugurishgani uchun gol inobatga olinmadi.
Oradan ko‘p o‘tmay Islom To‘xtaxo‘jaev havodan kelayotgan to‘pni to‘xtatmasdan to‘rga yo‘lladi.
Tanaffusdan so‘ng Muhsin Ubaydullaev jarima maydoni ichida Sardor Mirzaevni yiqitgani uchun bosh hakam "Qizilqum" darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrdan Temurxo‘ja Abduxoliqov gol ura olmadi. Makosin to‘pni qaytardi.
71-daqiqada o‘ng qanotdan uzatilgan to‘p Yovan Jokichga tegib mezbonlar darvozasidan joy oldi.
Hujum uyushtirgan maydon egalari ushbu golga tezda javob qaytarishdi. Bu safar Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatdi.
Gollar: Jamshid Iskanderov 3, Islom To‘xtaxo‘jaev 31, Yovan Jokich avtogol 71, Temurxo‘ja Abduxoliqov 72.
Gol urilmagan penalti: Temurxo‘ja Abduxoliqov 56.
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzaev, Temurxo‘ja Abduholiqov (Filipp Raevats, 78), Husniddin G‘ofurov (Avazbek O‘lmasaliev, 46), Islom To‘xtaxo‘jaev, Yovan Jokich, Davronbek Hoshimov, Oleg Zoteev, Diyorjon Turopov (Azizbek Haydarov, 65).
Zaxira: Ma’mur Ikromov, Aziz Amonov, Arslanmurat Amanov, Bobur Ergashev, Igor Yelich.
"Qizilqum": Artyom Makosin, Erkin Boydullaev, Alisher Sanoev, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev (Akmal Rustamov, 74), Eldor Boymatov, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo‘raev, Elguja Grigalashvili, Hurshid Olimov, Smit Medina (Sardor Jahonov, 46).
Zaxira: Evgeniy Cheremisin, Murod Bobojonov, Xumoyun Abdualimov, Mirjalol Qosimov, Aziz Usmonov, Maqsud Karimov, Suhrob Yarashev.
Ogohlantirishlar: Fayzullo Qambarov 29, Davronbek Hoshimov 86.
867 tomoshabin.
Hamidjon Aktamov: - Birinchi bo‘limda qo‘pol xatolarimiz tufayli gollar o‘tkazib yubordik. Keyin uchrashuvga moslashishga ancha vaqt sarfladik. "Lokomotiv" – O‘zbekistonning kuchli jamoalaridan biri. Ular bilan tenglashish juda qiyin.
Ichki muhitimizda kamchiliklar, etishmovchiliklar bor. Jamoaning zaxirasi tor. Zaxiradan tushayotganlar o‘yinni kuchaytira olishmaypti. "Qizilqum"da faqatgina bir tarkib o‘ynamoqda. Bu yil selektsiyada adashdik. Yil boshida moliyaviy tomondan qiynaldik. Buni ortiq yashirolmayman. Tarkibimizda 10 nafar yaxshi futbolchi bor. Yoshlarni qo‘yib, ularga ham imkon bergan holda harakat qilyapmiz.
Gevorkyan? U kattaroq pul so‘radi, uning talabini bajara olmadik. Arturning ketishi borasidagi barcha sabab moliyaviy tomonga borib taqaladi.
Chetdan turib, aql o‘rgatadigan mutaxassislar oldimga kelib uch kun ishlashsin. Hammasi qochib ketadi. Men bu jamoani ikkinchi ligadan shu ergacha olib chiqdim. Zavodda ishlaydiganlardan jamoa tuzib, shu darajaga etdik. Oson emas. 5-6-o‘rinlarga harakat qilaman. Bu men uchun normal holat.
Hozirgacha akademiyamiz yo‘q edi. Safimizga iltimoslar bilan futbolchi jalb qilardik. Endi viloyat qoshida akademiya tashkil etildi. "Nasaf"ning 10 yillik akademiyasi bor. Akademiya o‘z mevasini berishi uchun biroz kutish kerak.
"Lokomotiv" - hakamga muhtoj emas. Jamoaning Osiyoda katta o‘rni bor. Ammo hakamlar chempionlarga doimo yon bosishgan. Nega undayligini bilmayman. Dunyo futbolida ham shunday holat kuzatiladi.
O‘tgan turdagi hakamlik ustidan shikoyat xati yozdik. Tegishli joylarga murojaatimizni taqdim etdik. Ammo keyin nima bo‘lganini bilmayman. Meni boshqa chaqirishmadi.
Andrey Fyodorov: - OChLdagi durangdan keyin yigitlar o‘zini yo‘qotib qo‘yishmadi. Ular xarakter ko‘rsatishdi. Futbolchilarim uchrashuvni nazorat qilishdi. Ha, tezkor goldan keyin o‘yin sur’ati o‘zgarib ketdi. Ammo bahs ustunligimiz ostida o‘tdi va shu boisdan g‘alabaga erishdik.
Bitta super legioner? U hech nima qila olmaydi. O‘sha xorijlik futbolchi samara berishi uchun yonidagi bir necha o‘yinchilar uning saviyasiga yaqinroq bo‘lishi kerak. Osiyoda futbol asosan jamoaviy va individual sifatlarga asoslangan. Qit’dagi klublar asosan legioner hujumchilarni jalb qilishadi. Bizning kuchimiz esa jamoaviylikda.
Legionerlar zaxirada qolgan? 15 futbolchi bilan maydonga tusha olmaymiz. Biz ularni yaxshi futbolchi hisoblaganimiz uchun jamoaga jalb qilganmiz.
Yelich ikki mavsumdan beri safimizda to‘p tepmoqda. Futbolchi bir jamoadan ikkinchisiga o‘tishi uchun ko‘plab faktorlar to‘g‘ri kelishi lozim. "Lokomotiv" esa har doim yaxshi futbolchilarni o‘z tarkibiga jalb etishga intiladi.
Yosh futbolchi? Yashirmayman, hozirda biz uni maydonga nomiga tushiryapmiz. Shuhrat Muhammadiev jiddiy jarohat olgan. Shu boisdan u o‘yinlarni o‘tkazib yubormoqda.
"SO‘G‘DIYoNA" - "PAXTAKOR" 1:2
"So‘g‘diyona"ga qarshi uchrashuvda to‘p va o‘yinni nazorat qilishda “Paxtakor” qiyinchiliklarga duch keldi. Maydonda bir necha bor ziddiyatlar vujudga keldi. Mezbonlar kamchilikda ham mag‘lubiyatni tan olishmadi.
Birinchi taymda jizzaxliklar asosan qarshi hujumlarda vaziyatlar yaratishga urinishdi. Nasriddinov, Rashidov va Maxaradzening zarbalari noaniq ketdi. “Sherlar”dan Masharipov va Hamdamovning urinishlaridan naf chiqmadi. Mezbonlar posboni o‘sha vaziyatlarda yaxshi harakat qildi.
Tanaffusdan so‘ng poytaxtliklar hujumkorlikni oshirgani ko‘zga tashlandi. Bikmaev va Hamdamovning aniq zarbalarini himoyachilar qaytarib yuborgan bo‘lishsa, boshqa hollarda ustun va to‘sin nishonga olindi.
Maydon egalari ham Shota Arveladze shogirdlariga etarlicha qarshilik ko‘rsatishdi. Ikkinchi taymning 13-daqiqasida Krimetsga ishlatgan qo‘polligi sababli Norxonov maydondan chetlatilgach, "Paxtakor" yaqqol ustunlik qila boshladi.
73-daqiqada himoyachilar qaytargan to‘pni o‘ziga to‘g‘rilab olgan Cheran ajoyib zarbasi bilan darvozaning yuqori burchagini ishg‘ol etdi.
Oradan 10 daqiqa o‘tgach, Hamdamovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltidan Masharipov unumli foydalandi.
Mezbonlar bunga oxirgi daqiqalarda Milinkovichning penaltidan urgan goli bilan javob qaytarishdi.
Gollar: Dragan Cheran 73, Jaloliddin Masharipov penalti 82, Nikola Milinkovich penalti 89.
"So‘g‘diyona": Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze (Davronbek Umirov, 59), Sanjar Rashidov (Sahob Rashidov, 83), Shohruz Norxonov, Jamshid Boltaboev, Daniel Nasriddinov (Oybek Nurmatov, 61), Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov.
Zaxira: Milan Mitrovich, Nuriddin Hasanov, Siroj Meliev, Izzat Abdullaev, Sherzod Shokirov, Dian Talxatov.
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiev, Egor Krimets, Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov, Javohir Sidiqov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Igor Sergeev, 87), Dostonbek Hamdamov (Jasurbek Yaxshiboev, 85), Marat Bikmaev (Akramjon Komilov, 90+4).
Zaxira: Eldor Suyunov, Alisher Salimov, Sardor Sobirxo‘jaev, Vladimir Kozak, Sobit Sindarov, Marko Simich.
Ogohlantirishlar: Daniel Nasriddinov 13, Shohruz Norxonov 55, Elyor Orifov 61, Davronbek Umirov 90.
Chetlatish: Shohruz Norxonov 58
3723 tomoshabin.
Shota Arveladze: - Kutilganidek, bahs qiyin o‘tdi. Umuman olganda, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Ikkinchi taymda, adashmasam, qanotdan darvoza tomon bir marta zarba berildi. Shuningdek, yana 2-3 marta burchak zarbalari amalga oshirildi. Tanaffusdan keyin ko‘plab vaziyatlar sodir etildi. Ulardan ikkitasini esa o‘z foydamizga hal etishni uddaladik. Bugun to‘p to‘sin va ustunga bir necha bor tegdi. Futbolda eng qiyini – gol urish.
Tarkibimizdagi terma jamoa futbolchilari Osiyo Kubogidan keyin hordiq chiqarishgani yo‘q. "So‘g‘diyona" haftada bir marotaba maydonga tushmoqda. Biz esa hafta davomida uchta o‘yinda ishtirok etyapmiz.
Marko Simich jizzaxlik muxlislarga xunuk qiliq qildi? Agarda Simich hurmatsizlik qilgan bo‘lsa, unda nafaqat u bilan gaplashaman, balki uni bu voqea uchun ichki tartibda jazolaymiz. Masalan, bizga ham ko‘plab muxlislarning haqoratli gaplarini eshitish yoqmaydi. Lekin shunga qaramay ularni hurmat qilamiz. Futbolchilarning onasi yoki rafiqasini qo‘shib haqoratlash yaxshi ish emas. Simich nima qilganini ko‘rmadim. Biroq bu vaziyatni o‘rganamiz.
O‘ylashimcha, Masharipov yaxshi o‘ynamoqda. OChLda ham, chempionatda ham. Yaqin orada sezilarli darajada o‘sishga erishdi. Uni raqiblar alohida qo‘riqlashmoqda. Biroq bunday hollarda nima qilish kerakligini u yaxshi biladi.
Sanjar Quvvatov darvozani ishonchli qo‘riqlamoqda. Eldor Suyunov ayni paytda umumiy guruh bilan shug‘ullanishni boshlagan. Uning jarohati ortda qoldi. Yaqinda u yoshlar tarkibida ikkita uchrashuvda ishtirok etdi.
Ulug‘bek Baqoev: - Yigitlarga maydonda borlarini berib harakat qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular o‘yin so‘ngiga qadar qo‘llarini ko‘tarishmadi, kurashishdi, intilishdi. Shuningdek, “Paxtakor” jamoasini qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan tabriklayman.
“SURXON” – “ANDIJON” 0:0
“Surxon” – “Andijon” uchrashuvi ma’lum sababga ko‘ra 27 dan 29 aprel sanasiga ko‘chirilgandi.
Termizdagi yomg‘ir ostidagi duelda jamoalar har qancha harakat qilishmasin darvozalarga yo‘l topa olishmadi. Natijada, ikki klub ham o‘z hisoblariga bir ochkodan yozdirib qo‘yishdi.
"Surxon": Asilbek Amanov, Abduqahhor Hojiakbarov (Abbosbek Maxstaliev, 46), Ayubxon No‘’monov (Abdul Aziz Yusupov, 78), Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Salomov, Abrorbek Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliev, Darko Stanoevich, Sherzod Hakimov (Ravshanbek Xursanov, 89).
Zaxira: Sardor Qobuljonov, Najmiddin Normurodov, Ubaydullo Xoliqulov, Mirzakamol Kamolov, Suhrob Ne’matov, Sarvar Soliev
"Andijon": Ruslan Matniyazov, Bobur Omonov, Oybek Qilichev (Asror G‘ofurov, 81), Farhod Bekmuratov, Shahzod Ubaydullaev (Sardor Sulaymonov, 46), Abdulloh Olimov, Dilshod Rahmatullaev, Ildar Mamatkazin, Ro‘zimboy Ahmedov, Abror Xusinov (Farhod Mirahmatov, 64), Bobur Akbarov.
Zaxira: Vitaliy Mirniy, Abdurahmon Abdulhaqov, Doniyor Ismoilov, Aleksich Radosav, Xushnudbek Avilov, Shahbozbek Jumaboev.
Ogohlantirishlar: Oybek Qilichev 21, Dilshod Rahmatullaev 29, Abror Ismoilov 37, Ro‘zimboy Ahmedov 57, Shavkat Salomov 65, A’zam Aliev 78, Vladimir Bubanya 85, Ruslan Matniyazov 90
6728 tomoshabin.
Ildar Sakaev: - O‘yin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Juda jangovar ruhdagi bahs bo‘lganini ta’kidlay olaman. Yigitlarga borlarini berib harakat qilishgani uchun rahmat. Shuningdek, uzoq masofadan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan ishqibozlarimizdan ham minnatdorman.
Superligada har bir uchrashuv jiddiy kurashlar ostida o‘tadi. Har 3-4 kunda o‘yin o‘tkazyapmiz. Asosiysi – shu oraliqda imkon qadar tezroq tiklanib, keyingi o‘yinga tayyor bo‘lsak bo‘lgani. Bugungi bahsda qo‘lga kiritilgan ochkodan mamnunmiz. Endi kelasi o‘yinlarda ham ochkolar qo‘lga kiritishga urinamiz.
Andrey Miklyaev: - Bugungi bahs qiyin o‘tganini ayta olaman. Bunga hukm surgan ob-havo ham biroz ta’sir o‘tkazdi. Biz o‘zimiz istagan natijani qayd eta olmadik. Raqib himoyasini yorib o‘tib, darvozani ishg‘ol etishning imkoni bo‘lgani yo‘q. O‘zi umuman hujumda ko‘plab vaziyatlar yuzaga ham kelmadi. 2-3 ta qulay imkoniyatni esa qo‘ldan boy berdik. Shu sababdan bugun jamoamiz 2 ochko yo‘qotganini ta’kidlay olaman.
Fikrlar