Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon kubogida guruh bosqichi yakunlandi

  • 13 iyul, 2019, 20:07
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Vakillarimiz guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarni o‘tkazib ulgurishdi. O‘zbekiston terma jamoasi ilk o‘yinini Sloveniyaga qarshi o‘tkazib, 0:0 hisobida durang qayd etdi. Ikkinchi uchrashuvda esa Belarus terma jamoasi 4:0 hisobida taslim etildi.So‘ngra Vetnam 3:1 hisobida dog‘da qoldirildi.

Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi 2:0 hisobida mag‘lub etildi. Latviya darvozasi esa javobsiz 5 marta ishg‘ol etildi. Faqatgina Rossiya bilan bo‘lgan o‘yinda vakillarimiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Yakunda terma jamoamiz guruhda 2-pog‘onani band etib, chorak finalga yo‘l oldi. Chorak finalda hamyurtlarimizga Belgiya terma jamoasi raqiblik qiladi. O‘yin ertaga bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фан
13/07/2019 20:46
Натижалар ёмон эмас.
Коринбой амакилар, пулдор тогалар, ишбилармон акахонлар аралашувисиз тузилган термадан албатта куркмасдан натижа кутсак ярашаверади.
Омад кейинги уйинларга.