
Meksika terma jamoasi etakchisi "Napoli"ga o‘tadigan bo‘ldi
Eyndxovenning PSV klubi hujumchisi Irvin Losano yangi mavsumni Italiya A Seriyasida boshlaydi.
Football-Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda 24 yoshli meksikalik futbolchi “Napoli” bilan kelishuvga erishgan. Uning transferi esa neapolliklarga 40 mln evroga tushishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Losano o‘tgan mavsum Gollandiya chempionatida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va 17ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar