
Meksikada eng kuchli erkak tennischi aniqlandi
Argentinalik Xuan Martin Del Potro "Abierto Mexicano Telcel - 2018" turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
U musobaqaning finalida JAR vakili Kevin Andersonga qarshi kortga chiqdi. Mazkur uchrashuvda Xuan har ikkala setda 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Akapulko turnirida g‘alaba qozongan Xuan Martin Del Potro 500 reyting ochkosi va 354.130 AQSh dollari pul mukofotini ishlab oldi.
Fikrlar