Meksikadan yana bir super yulduz etishib chiqmoqda

  • 2 aprel, 16:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Taniqli bokschi Saul Alvares o‘z yurtidan yana bir super yulduz ulg‘ayib chiqayotganini aytdi.

Tecno

"Bizda juda ko‘p yashi va yosh jangchilar bor, ammo Marko Verde ismli yigitcha e’tiborimni tortmoqda. U Meksikadagi eng yaxshi bokschilardan biri bo‘lishiga shubham yo‘q. Chunki men u bilan birga ishladim, unda chempionlarga xos intizomi borligini ko‘rdim. U juda katta potentsialga  ega" - dedi Alvares "Fight Hype" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, yaqinda 23 yoshga to‘lgan Verde 71 kg da 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev esa xuddi shu vazndagi oltin medalga ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!