Men “Barsa”da o‘ynamayman!

  • 07.12.2021 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” mutasaddilari jamoaning frantsiyalik yulduzi Usmon Dembeleni yangi bitimga ko‘ndira olmadi.

Klub rahbariyati hujumkor futbolchiga yaxshilangan shartnoma taklif qilganiga qaramay, Dembeleni uni imzolashni rad etdi. Ma’lumki, jamoani qabul qilib olgan Xavi klub xo‘jayinlaridan tarkibda Usmon Dembeleni saqlab qolishni so‘ragan edi.

Usmon mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadi. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan superklublar kam emas.

Frantsiya terma jamoasi safida  2018 yili jahon chempioni bo‘lgan futbolchi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi kutilmoqda.

“Barselona” uni 2017 yili transfer qilgan edi. Shu kunga qadar Dembele kataloniyaliklar safida 122 ta uchrashuvda qatnashib, 30 ta gol va 21 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!