
Merab Dvalishvili: " Iliya Topuriya Islom Maxachevni nokaut qilishi aniq"
O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Merab Dvalishvili rossiyalik Islom Maxachev (27-1) va vatandoshi Iliya Topuriya (16-0) o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
“Islom yaxshi kurashchi. Agar bahs partirga ko‘chsa, u katta ehtimol bilan g‘alaba qozonadi. Biroq "stoyka"da Iliya Maxachevni nokaut qilishi aniq" - deya gruziyalikning so‘zlarini keltirdi "Europol".
Eslattib o‘tamiz, Iliya Topuriya so‘nggi jangida amerikalik Maks Xolloueyni uchinchi raundda nokautga uchratgandi.
Fikrlar