
Merab Dvalishvili oliy mukofotga sazovor bo‘ldi !
14 sentyabr kuni AQShning Las-Vegas shaxrida "UFC 306" turniri bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy to‘qnashuvida gruziyalik Merab Dvalishvili (18-4) va amerikalik chempion Shon O'Melli(18-2-1 N/C) o‘zaro jang qildi. 5 raund davom etgan baxsda Merab xakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchdi. Shungdan so‘ng Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Dvalishvilini chempionlik jangida g‘alaba qozongani uchun davlat mukofoti bilan taqdirlashini ma’lum qildi.
“Merab Dvalishvilini chempionlik bilan tabriklayman. Biz barchamiz ushbu muhim jangni tomosha qildik. Qayd etish joizki, bunday natija mamlakatimizda o‘ziga xos iste’dodlar borligini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ydi. Shu bois biz parlament spikeri Shalva Papuashvili bilan birgalikda Merab Dvalishviliga oliy davlat mukofotiga berishga qaror qildik”, — deya Kobaxidzening so‘zlaridan iqtibos keltirdi agenda.ge portali.
Ma’lumot uchun, "Oliy davlat mukofoti" Gruziyaning Milliy Qahramoni ordeni bo‘lib, u mamlakat fuqarolariga qilgan qahramonligi uchun beriladi.
Fikrlar