Merab Dvalishvili: "Pyotr Yan xavfli raqib, lekin men uni engishimga ishonaman"

  • 14 oktabr, 22:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Merab Dvalishvili bo‘lajak raqibi, rossiyalik Pyotr Yan bilan revansh haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Pyotr kuchli va xavfli yigit. Buni Yanning g‘alabali seriyasidan ham bilib olish mumkin. O‘ylashimcha, revansh ajoyib o‘tadi. Bir zarba yoki kichik xato hammasini o‘zgartirib yuborishi aniq. Shu bois men mashg‘ulotlarga katta kuch va vaqt sarflayapman. Menimcha, eng yomon holatga ham tayyorman. Biroq raqibimni osonlikcha engishimga ishonaman", — dedi gruziyalik "The Ariel Helwani Show" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘qnashuv 7 dekabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan "UFC 323" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!