Messi: Biz buni qabul qilib, oldinga intilishimiz kerak

  • 8 avgust, 2021, 16:07
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sobiq futbolchisi Leo Messi klub bilan xayrlashish maqsadida tashkil etilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Laportaning aytganlari haqiqat. Biz hamma narsani kelishib olgandik, biroq so‘nggi daqiqalarda bu imkonsiz bo‘lib qoldi. Men o‘zim haqimda aytilgan gaplarni eshitdim. 

Bu yil qolishni istadim, lekin uddalay olmadim. O‘tgan yili jamoani tark etishga harakat qilgandim va buni e’lon qilgandim. Men qo‘limdan kelganini qildim, ammo klub La Liga sababli buni amalga oshira olmadi. Biz buni qabul qilib, oldinga intilishimiz kerak", - dedi Messi. 

Avvalroq, "Barselona" prezidenti Laporta Leo PSJ bilan kelishuvga erishgani haqida gapirgan edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
08/08/2021 22:15
Мессини бошқа кулубда кўриш қиззиқ томонлари бор албатта. Лекин бу кетиши Агуерога тасир қилдида. Бечора Кун. Энди жуфтимни топдм деганда кетдида месси.