
Messi bu ko‘rsatkichni qayd etgan Janubiy Amerikadagi ilk futbolchi!
Jahon chempionati saralash bosqichida Argentina va Urugvay terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. O‘yin "albiseleste"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi birinchi gol argentinaliklar yulduzi Lionel Messi tomonidan kiritildi. Bu PSJ hujumchisi uchun terma jamoadagi 80-gol sifatida qayd etildi. Messi bu ko‘rsatkichni qayd etgan Janubiy Amerikadagi ilk futbolchi. Ikkinchi o‘rin 77 ta gol urgan braziliyalik Pelega tegishli.
Shuningdek, 34 yoshli futbolchi terma jamoa safida 80 ta gol urgan tarixdagi 5-futbolchiga aylandi. Bunga qadar Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Ali Dayi (Eron), Moxtar Daxari (Malayziya) hamda Ferents Pushkash (Vengriya) bu dovondan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar