Messi eng muhim goli qaysi ekanini aytdi

  • 2 noyabr, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sakkizinchi marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan Lionel Messi uzoq yillik faoliyati davomida eng muhim goli qaysi bo‘lganini aytdi.

- Men har doim eng muhim gollar bu Evropa Chempionlar ligasi va jahon chempionati finalidagilari ekanini ta’kidlab kelganman.

O‘zim Chempionlar ligasi doirasida “Santyago Bernabeu”da “Real”ni 2:0 hisobida engganimizda urgan golimni hech unutmayman, - dedi Lionel Messi.

Bu uchrashuv 2011 yili Chempionlar ligasm yarim finalida kiritilgan. O‘shanda Madriddan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan kataloniyaliklar javob o‘yinida 1:1 hisobida durang qayd etgan.

Lionel Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisobilanadi. Argentinalik yulduz aksariyat sovrinlarini Kataloniya klubida o‘ynagan davrda qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!