Messi Jahon chempionatlaridagi rekord seriyasini davom ettirmoqda
Lionel Messi Jahon chempionatlari tarixidagi rekord golli seriyasini yanada uzaytirdi.
Kabo-Verdega qarshi bahsda gol urgan argentinalik hujumchi mundiallarda ketma-ket sakkizinchi o‘yinida ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu seriya "Qatar–2022"musobaqasining 1/8 finalidan boshlangan.
Shu vaqt ichida Messi 12 ta gol urdi va Jahon chempionatlari tarixidagi umumiy gollari sonini 20 taga yetkazdi.

Fikrlar