Messi "JCh-2026"ning asosiy favoritlarini aytdi
Lionel Messi 2026 yilg i Jahon chempionati favoritlari haqida fikr bildirdi.
"Bizdan tashqari ham musobaqaga juda yaxshi formada kelayotgan favorit jamoalar borligini tushunishimiz kerak.
Fransiya milliy terma jamoasi yana juda kuchli, ularda yuqori darajadagi futbolchilar ko‘p. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi va Braziliya ham aytgan bo‘lardim. Braziliya so‘nggi vaqtlarda eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmayotgan bo‘lsa ham, doim g‘oliblik uchun da’vogar bo‘lib kelgan.
Menimcha, Portugaliya ham juda raqobatbardosh jamoaga ega", — dedi Messi.
Ma’lumot uchun, Argentina to‘rt yil avval Qatarda o‘tkazilgan mundialda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar