
Messi PSJda qaysi raqamda o‘ynaydi?
Argentinalik hujumchi Lionel Messi PSJda katta ehtimol bilan 30-raqam ostida o‘ynaydi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Aytish lozimki, Messi "Barselona"da aynan 30-raqamda debyut qilgan. Frantsiya chempionatida esa 30-raqamda asosan darvozabonlar o‘ynaydi, biroq Messi uchun bu borada “istisno” bo‘lishi mumkin.
Bundan avvalroq Neymar o‘zining 10-raqamini Messiga berishga tayyor ekani, ammo Leo bu taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
34 yoshli Messi “Barselona”ni erkin agent sifatida tark etdi. U PSJ bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Fikrlar