Messi qotilga aylanishi mumkin edi...

  • 04.01.2022 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Argentinalik dijey Fer Palasio PSJ hujumchisi Lionel Messi tufayli o‘ziga nisbatan o‘lim tahdidi bo‘lganini aytib berdi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

Musiqachining so‘zlariga ko‘ra, muxlislar uni Messiga koronavirus yuqtirganlikda ayblashgan, chunki u Leo bilan Rosariodagi ziyofatda birga suratga tushgan.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Messi joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlarda jami 16 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!