Messi Ronalduning to‘purarlik rekordni barbod qildi
PSJ hujumchisi Lionel Messi ashaddiy raqobatchisi Krishtianu Ronalduning Evropa ligalarida gol urish bo‘yicha rekordini yo‘qqa chiqardi.
Argentinalik jahon chempioni Frantsiya chempionatining 30-turida “Nitstsa” darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Messi uchun Evropa klublaridagi 702-gol sifatida qayd etildi.
Shu tariqa, Messi Osiyo futboliga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronalduning 701 ta goldan iborat rekord natijasini yangiladi. Messi bu rekordni qayd etishi uchun Ronalduga nisbatan 105 ta o‘yin kam o‘tkazgan.
Krishtianu Ronaldu jahon futbolidagi umumiy gollari soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Shuningdek, portugaliyalik yulduz terma jamoa uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi sifatida ham rekord o‘rnatgan.

Fikrlar