Messi uchta variantdan birini tanlaydi

  • 18 avgust, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messining “Barselona”dagi faoliyatiga hali oydinlik kiritilgani yo‘q. Klub jiddiy o‘zgarishlarni boshlash arafasida. Futbol tahlilchilari bu vaziyatda argentinalik hujumchining oldida uchta variant borligini ta’kidlashmoqda.

Birinchidan, Leo hamkorlikni muddatidan avval to‘xtatib, yozgi transferlar vaqtida boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkin. Unga “Inter” va “Manchester Siti” xaridor bo‘lmoqda va argentinalik hujumchi uchun har ikki klub ham pulni ayamasligini ma’lum qilgan.

Ikkinchidan, Messi amaldagi bitim yakunlangunicha jamoada qolgan holda, qishda  boshqa jamoalar bilan muzokara boshlash imkoniyatiga ega. Shunda, u yangi jamoaga erkin agent sifatida o‘ta oladi.

Uchinchidan, tomonlar o‘zaro hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha yangi bitimga imzo chekishi mumkin. Lekin Messi bundan bo‘lishi uchun “Barselona”da strukturaviy o‘zgarishlar amalga oshirilishini talab qilgan. U klub boshqaruvi rahbarlarining qarorlari va yuritayotgan siyosatidan norozi bo‘layotgan edi. Buni bildirish uchun yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni muzlatib qo‘ygandi.

Lionel Messi “Barselona” tarkibida 2003 yildan buyon to‘p surmoqda. U klub tarixida eng ko‘p gol urgan va olti marotaba “Oltin to‘p”ga ega chiqqan yagona futbolchi hisoblanadi.

“Barsa”ning yangi bosh murabbiyi jamoaga yangi etakchi olib keladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
18/08/2020 16:08
hamma sovrinni olib buldi shu 2 ta uzga sayoralik. endi bu yogiga. ikkalasini berga uynatish kerak. Javob chempionlar legasini olib beradi lekin shula. Agar PSJ. Shugun yutqazsa tezda ikkalasini olish kerak. PSJ urta tayanch nuqtasiga Pol Pagba. olsa. oldiga yana bitta jon kuyar himoyaga yordam beradigan uyinchi olsa. hujimga. qanotlarga. Mbappi Neymar. hujimga Krish. Hujimchi ortiga Messi. devonacha bulardida