Messi yana oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 04.07.2026 07:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionati 1/16 finalida Kabo-Verdega qarshi kechgan bahsning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.

Argentina qo‘shimcha vaqtlarda raqibini 3:2 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

39 yoshli hujumchi jamoasining barcha uch golida ishtirok etdi. Uning o‘zi 29-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi va g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.

Shu tariqa, Messi ushbu Jahon chempionatidagi 4 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va turnirning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!