“Messidan ko‘p aziyat chekdim”

  • 27 mart, 2021, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” darvozaboni Villi Kabalero “Barselona” sardori Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Men Messidan juda ko‘p aziyat chekkanman. U maydonga darvozabon va himoyachilarni o‘ldirgani tushadi. Ya’ni, doimo ko‘proq gol urish istagi bilan o‘ynaydi.

Leoga farqi yo‘q, darvozada tanishi yoki do‘stining turganiga ham qaramaydi. Uchrashuvdan keyin kelib, hol-ahvol so‘rashi, muloqot qilishi mumkin, lekin o‘yinda hech kimni ayamaydi, ko‘proq to‘p kiritishga harakat qiladi, - dedi Kabalero.

Ta’kilash joizki, Villi Kabalero Lionel Messi bilan Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilgan va o‘zaro yaxshi munosabatda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!