
Messini “Barselona”dan tortib olmoqchi bo‘layotgan 4ta klub kataloniyaliklar yuragiga g‘ulg‘ula solib qo‘ydi
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati jamoa forvardi Lionel Messining kelajak taqdiri borasida havotirga tusha boshladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra PSJ, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” hamda “Manchester Siti” kabi jamoalar argentinalik futbol yulduzini sotib olishga harakat qilishi mumkin. Xatto “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati ham yuqorida nomlari tilga olingan jamoalar Messini sotib olishga qurbi etishini tan olmoqda. Xatto besh karra “Oltin to‘p” sohibining 700 mln evrolik tovon puli ham “Barsa” rahbariyatini u qadar xotirjam qila olmayapti.
Fikrlar