
Messining yangi qirrasi ochildi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchi ekani aniqlandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik hujumchi faoliyati davomida bir uchrashuvda 57 marotaba uchta gol kiritgan. Uning eng yaqin ta’qibchisi Krishtianu Ronaldu esa 56 marta xet-trikka erishgan. Demak, bu ikki to‘purar o‘rtasidagi raqobat ayni qizg‘in nuqtada.
Messi va Ronaldu xet-triklar bo‘yicha kuchli uchlikka kirgan Luis Suaresni ancha ortda qoldirib ketgan. Urugvaylik hujumchi 20 ta o‘yinda uchtadan to‘p kiritgan.
Xet-trik ustalari reyting bilan tanishing:
- Lionel Messi — 57 ta xet-trik.
- Krishtianu Ronaldu — 56.
- Luis Suares — 20.
- Robert Levandovski — 19.
- Zlatan Ibragimovich — 16.
- Serxio Aguero — 15.
- Harri Keyn — 14.
- Edinson Kavani — 13.
- Eran Zaxavi — 11.
- Gonsalo Iguain va Yusuf Al-Arabiy — 11.
Fikrlar