
"Metallurg" "Mash’al"dan ustun keldi (video)
Coca Cola Superliganing 13-turida “Metallurg” va “Mash’al” o‘zaro bahs olib bordi.
Dastlab 5-daqiqada Murod Bobojonov (1:0) bekobodliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim oxirlariga borib Humoyun Murtozaev o‘z goli bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1. 49-daqiqada esa Salamat Qutiboev (2:1) gol urib, “Metallurg”ga g‘alaba keltirdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar