"Metallurg" "Paxtakor" bilan o‘yinlardagi noxush an’anasiga chek qo‘yishga qodirmi?

  • 8 sentabr, 2020, 06:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Coca-Cola Superliganing 16-turidan o‘rin olgan “Metallurg” hamda “Paxtakor” o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Doimgidek, chempionlik uchun asosiy favorit sanalgan “Paxtakor”ning ushbu qarama-qarshilikda ham imkoniyati yuqori hisoblanmoqda.

Tecno

Mazkur klublarning o‘zaro to‘qnashuvlarida ham “sherlar”ning yaqqol ustunligini ko‘rish mumkin. Shu kungacha o‘tkazilgan 46 ta o‘yinning 38 tasida “Paxtakor” g‘alaba qozongan. “Metallurg” esa faqat 4 tagina bahsda jiddiy raqibini tiz cho‘ktira olgan xolos. Shuningdek, yana 4 ta bellashuvda tomonlar durangga rozi bo‘lgan. To‘plar nisbati ham shunga yarasha, “Metallurg” 35 ta gol urib, o‘z darvozasidan 121 ta to‘p olib chiqqan.

Oxirgi 8 ta uchrashuvdan beri faqat “Paxtakor”ning qo‘li baland kelmoqda. Bekobodliklar so‘nggi bor 2016 yilning 9 sentyabr kuni 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Bundan tashqari, anchadan beri bu jamoalar o‘rtasidagi bahsda durang ham qayd etilmay qo‘ygan. Bunga qadar, 2011 yilgi mavsumda “Paxtakor” maydonida o‘tkazilgan uchrashuvda hisob ochilmagandi. E’tiborlisi, mazkur jamoalar o‘rtasidagi oxirgi uchta o‘yinda “Paxtakor” faqat 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozonmoqda.

Ushbu bellashuv bugun “Metallurg” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!