"Metallurg" yubiley o‘yin arafasida

  • 5 may, 2022, 22:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mamlakat milliy chempionati – O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 7-turidan o‘rin egallagan “Metallurg” – “Qizilqum” uchrashuvi Bekobod shahri jamoasi uchun kuchlilar safidagi yubiley – 700-uchrashuvi bo‘ladi.

Tecno

Toshkent viloyati jamoasi bugungacha ortda qolgan 699 o‘yinning 233 tasini o‘z foydasiga hal etgan. 142 uchrashuvda esa raqiblari bilan murosaga imzo chekkan. 324 o‘yinda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 852:1062.

 “Metallurg”ning kuchlilar safidagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi 6:0 (“Semurg‘” – 2001, “Xorazm” – 2008, “Mash’al” – 2016), eng yirik mag‘lubiyati esa 0:7 (“Navbahor” – 2003, “Nasaf” – 2004).

met 700

Yubiley o‘yinimizdagi raqib ancha jiddiy va so‘nggi yillarda “Metallurg” uchun noqulay jamoa bo‘lib qolmoqda. Xususan, oxirgi ikki mavsumda “Qizilqum” Bekoboddan bir xil – 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan. 2021 yilgi mavsumda navoiyliklarga gruziyalik futbolchilar Mate Vatsadze hamda Elguja Grigalashvililar kiritgan gollar 3 ochkoni taqdim etgandi. Bu gollarga o‘yin oxirida Ibrohim Ibragimov bitta aniq zarbasi bilan javob qaytargandi.

Ammo shu narsani ta’kidlash kerakki, aynan chempionatni yakunlovchi turida Navoiyda olingan revansh “Metallurg”ni kuchlilar safidagi mavqeini saqlab qolishiga sabab bo‘lgandi. Bu safar ham “Qizilqum”dan gruziyalik legioner Giorgi Kuxianidze muvaffaqiyat qozongandi. Ammo uning goliga qadar bekobodliklar mezbonlar darvozasini uch marta ishg‘ol etib bo‘lishgandi – Zohid Abdullaev, Dilshod Rahmatullaev, Xudoyshukur Sattorov – 1:3.

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
grossmeester@mail.ru
06/05/2022 15:05
эн йирик маглубияти адашмасам пахтакорга 2001 ёки 2002-йили маглуб булган эди хисоб 8-1 ёки 8-2 булган эди .
аник малумот ёзинглар мен аник эслайман худди кечагидай.